1-avgust sanasidaToshkent viloyati Agroxizmatlar markazida paxta parvarishida hosildorlikni ta’minlash borasida “Dolzarb 30 kunlik” da amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar bo’yicha intensiv…

o’quv seminari o’tkazildi.
Seminar davomida “Paxta hosildorligini oshirishda sug’orishning ahamiyati”, “Paxta hosildorligini oshirishda stimulyatorlarning ahamiyati”, “Paxta zararkunandalariga qarshi kurashish” kabi mavzularda fermerlarga tushuncha va tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida AKIS markaziga tashrif buyurgan fermerlar markazda yaratilayotgan imkoniyatlar, laboratoriyalar va markazda tashkil etilgan davlat xizmatlari bilan tanishib chiqishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Web-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube