1-Oktabr “Ustoz va murabbiylar”kuni

Bugun, 1-oktabr – "Ustoz va murabbiylar" kuni mamlakatimizda keng nishonlanmoqda. Ushbu sanani mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi xodimlari o‘zgacha ruhda nishonlamoqda. Sababi, bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida 10 ta oliy o‘quv yurti, 26 ta professional ta’lim muassasasi, 21 ta ilmiy-tadqiqot instituti hamda 51 ta ilmiy-tajriba stansiyasi faoliyat yuritib kelmoqda.
"Ustoz va murabbiylar" kuni munosabati bilan vazirlik tizimidagi oliy va professional ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida ta’lim-tarbiya sohasida faol va o‘rnak ko‘rsatgan 138 nafar pedagog va ilmiy xodimlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashakkurnoma bilan mukofotlandi.
Marosimda qishloq xo‘jaligi vaziri I.Abdurahmonovning ustoz va murabbiylarga bayram tabrigini o‘qib eshittirildi hamda vazir tashakkurnomasi tantanali ravishda topshirildi.
Bayram tadbirlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida ham davom ettirildi. Dastlab, Vazir kotibiyati mudiri Shamshod Ergashev vazir Ibrohim Abdurahmonovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Sana munosabati bilan tashkil etilgan yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonovga soha ilm-fanini rivojlantirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun vazirlik “Tashakkurnomasi” topshirildi.
Aytish kerak, so‘nggi yillarda jamiyatimizda ustoz va murabbiylarning mavqeini yanada ko‘tarish, ilm-fan, ta’lim sohasini yangi innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasida ustozlarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishiga g‘amxo‘rlik qilish to‘g‘risidagi qomusiy normalar qayd etilishi davlatimiz va jamiyatimizda Sizlarga berilayotgan yuksak e’tiborning yaqqol misolidir.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram