10-fevral — Butunjahon don-dukakli ekinlar kuni

2019-yildan beri BMT Bosh Assambleyasi tashabbusi bilan
10-fevral don-dukakli ekinlar kuni sifatida nishonlanadi.
Maqsad — no‘xat, loviya, yasmiq, mosh kabi don-dukakli ekinlarning
oziq-ovqat xavfsizligi,
sog‘lom ovqatlanish,
barqaror qishloq xo‘jaligi
va tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyatini jamoatchilikka yetkazish.
Don-dukakli ekinlar:
— oqsil, tola, vitamin va minerallarga boy,
— atmosferadan azotni tutib, tuproq sifatini yaxshilaydi,
— kam suv talab qiladi,
— iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror yechim hisoblanadi.
Yuqoridagi videoda Milliy markaz tizimidagi
Don va dukakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida
ushbu turdagi ekinlar ilmini rivojlantirish, seleksiya va tadqiqot ishlari jarayonlari aks etgan.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube