Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

10-fevral - Butunjahon donli va dukkakli ekinlar kuni

10-fevral - Butunjahon donli va dukkakli ekinlar kuni
Butunjahon donli va dukkakli ekinlar kuni har yili 10-fevral kuni nishonlanadi. Ushbu kun BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan inson oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, sog'lom ovqatlanish va qishloq xo'jaligi barqarorligini targ'ib gilish maqsadida ta'sis etilgan. Oziq-ovqat xavfsizligi - donli va dukkakli ekinlar yer yuzidagi milliardlab odamlarning asosiy oziq-ovqat manbaidir. Sog'liq uchun foydali - dukkakli ekinlar oqsil, kletchatka va vitaminlarga boy bo'lib, sog'lom ovqatlanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ekologiya uchun foydali - dukkakli ekinlar tuproq unumdorligini oshiradi va kam suv talab qiladi, bu esa bargaror gishloq xo'jaligi rivojiga hissa qo'shadi. Bu guruhga qanday ekinlar kiradi? Donli ekinlar - bug'doy, arpa, sholi, javdar, makkajo'xori va boshqalar. Dukkakli ekinlar - mosh, no'xat, loviya, soya va boshqalar. Butunjahon donli va dukkakli ekinlar kuni 2019-yildan beri nishonlab kelinadi va uning ta'sis etilishi Burkina-Faso hukumati tashabbusi bilan amalga oshgan. 2016-yil BMT "Xalqaro dukkakli ekinlar yili" deb e'lon qilgan edi. Ushbu tashabbusning davomi sifatida Burkina-Faso hukumati 2018-yilda BMT Bosh Assambleyasiga 10-fevralni Butunjahon donli va dukkakli ekinlar kuni sifatida belgilash taklifini kiritdi. Ushbu taklif 193 ta davlat tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Shu tariqa 2019-yildan buyon ushbu sana xalqaro miqyosda nishonlanib kelinmoqda. Bu kun ekologiya, oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo'jaligi va sog'lom ovqatlanish masalalariga e'tiborni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan. Burkina-Faso - G'arbiy Afrikada joylashgan davlat. U dengizga chiqish imkoniyatiga ega emas. Burkina-Faso iqtisodiyoti asosan qishloq xo'jaligiga tayanadi va dukkakli ekinlar yetishtirishda muhim davlatlardan biri hisoblanadi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.