Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

100 kitob, minglab yangi fikrlar: katta orzular sari kichik qadam

100 kitob, minglab yangi fikrlar: katta orzular sari kichik qadam
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mutolaa imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tashabbus amalga oshirildi. Tashabbus doirasida qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tahsil olgan Namangan viloyati Chust tumanidagi 12-sonli umumta’lim maktabi hamda vazir o‘rinbosari Qahramon Yuldashev o‘zi tahsil olgan Toshkent shahridagi 133-sonli umumta’lim maktabi kutubxonalariga 100 turdagi yangi kitoblar taqdim etildi. Mazkur nashrlar orasidan badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop asarlar, shuningdek, o‘quvchilarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan qimmatli kitoblar o‘rin olgan. Kitob — inson tafakkurini yuksaltiradigan, qalbini ezgulikka chorlaydigan va kelajak sari yo‘l ko‘rsatadigan bebaho ma’naviy xazina. Yangi adabiyotlar o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirish, kitobxonlikka qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu tashabbus yosh avlodning ma’naviy kamoloti, mustaqil fikrlashi va bilimga intilishini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ta’lim muassasalarida kitobxonlik muhitini yanada rivojlantirishga qaratilgan. Ikki maktab, yuzlab kitoblar, minglab yangi fikrlar. Maktab kutubxonalarining yangi nashrlar bilan boyitilishi o‘quvchilar uchun kengroq mutolaa imkoniyatlarini yaratib, ularning bilim va dunyoqarashini yanada boyitishga xizmat qiladi. Zero, bugun o‘quvchi qo‘liga berilgan har bir kitob uning kelajagi uchun tashlangan muhim qadamdir. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.