Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

100 kitob yangi o'quv yiliga maktabimga sovg'a

100 kitob yangi o'quv yiliga maktabimga sovg'a
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mutolaa imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tashabbus amalga oshirildi. Tahsil olgan maktablarim Namangan viloyati Chust tumanidagi 12- hamda 59-sonli umumta’lim maktabi kutubxonalariga 100 turdagi yangi kitoblar taqdim etildi. Mazkur nashrlar orasidan badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop asarlar, shuningdek, o‘quvchilarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan qimmatli kitoblar o‘rin olgan. Ikki maktab, yuzlab kitoblar, minglab yangi fikrlar. Maktab kutubxonalarining yangi nashrlar bilan boyitilishi o‘quvchilar uchun kengroq mutolaa imkoniyatlarini yaratib, ularning bilim va dunyoqarashini yanada boyitishga xizmat qiladi. Zero, bugun o‘quvchi qo‘liga berilgan har bir kitob uning kelajagi uchun tashlangan muhim qadamdir. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.