11 ming AQSH dollarlik uzum haqida eshitganmisiz?

Dunyoda mana shunday qimmatbaho uzum mavjud. Ruby Roman nomli uzum navini Yaponiyaning Ishikava Prefekturasida yetishtirishadi. U o’zining katta o’lchami, shirinligi va noyobligi bilan ajralib turadi. 2020-yilda ushbu uzumning bir dona klasteri 1.2 million yapon iyenasi, ya’ni taxminan 11 ming AQSh dollarida sotilgan va bu uni dunyodagi eng qimmat uzum sifatida tanitgan. Bu uzumning qimmatligi, uning yetishtirilishidagi murakkab jarayon va qat’iy sifat standartlari bilan bog’liq bo’lib, faqat eng yuqori sifatli uzumlar bozoriga chiqariladi.
Ruby Roman uzumi 2008-yilda ilk bor sotuvga chiqarilgan. Ushbu nav katta o‘lchami bilan boshqalardan farq qiladi — u stol tennisi koptokchasidan biroz kichkina. Uning ta’mi juda shirin bo‘ladi.
Yaponiyada yetishtirilgan Ruby Roman navli uzumning deyarli 700 grammga teng bir boshi auksionda rekord miqdordagi summa — bir million iyen (taxminan 8,2 ming dollar)ga sotilgan.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube