Tizim_tashkilotlarda_hashar

16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla-yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari Farg'ona viloyat Agroxizmatlar markazi xodimlari tomonidan ko‘tarinki kayfiyatda bo’lib o’tmoqda.
Farg'ona viloyat qishloq xo'jaligi boshqarma binosi hududlarida hashar o’tkazilmoqda. Jumladan, bino hududlari tozalanib, yo`l chetlari, archalar va boshqa daraxtlar oqlandi, ekin maydonlariga ishlov berilib gul ekishga tayyorlandi va atrofga ko'rk beruvchi manzarali gul ko'chatlari ekilmoqda, bino hududlari saranjom holatga keltirildi.
Ramazon ayyomi va Navro‘z arafasida boshlangan umumxalq xayriya hashari xalqimiz orasida mehr-oqibati, birdamligi, ahilligining yana bir amaliy ifodasi bo’lmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube