Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Hashar – bobolardan meros qadriyat!

Hashar – bobolardan meros qadriyat!
Bu yilgi ko‘klam yurtimizga har yilgidanda ko‘proq bayramlarni boshlab keldi. Muborak ramazon oyi bayramlarga boy bo‘lgan mart oyining shukuhini yanada ko‘tardi. Hademay, olamni yashillikka burkab, o‘lkamizga Navro‘z tashrif buyuradi. Bugun yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida boshlangan umumxalq xayriya hashari esa mana shunday muborak kunlarni munosib tarzda o‘tkazish uchun xalqning birdamligini yana bir bor aks ettirdi. Qadimiy qadriyatlarimizdan bo‘lgan hashar nafaqat, tozalash, saranjom-sarishta qilish, obodonlashtirish, balki insonlarni bir-biriga yaqinlashtirish va mehr rishtalarini mustahkamlashi bilan ham ahamiyatlidir. Bugun yurtimizning barcha joylari mexnat jamoalarida bo‘lgani kabi Milliy markaz va uning tizimidagi 14 ta ilmiy-tadqiqot  institutlari, 51 ta ilmiy-tajriba stansiyalari va hududiy Agroxizmatlar markazlari jamoalarining qariyb 80 foizi ya’ni 1923 nafar xodimlar umumxalq hasharida ishtirok etdi. Milliy markaz jamoasi va Toshkent viloyatida joylashgan ilmiy muassasalar jamoalari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining dala tajriba maydonida boshlangan keng ko‘lamli hasharda ishtirok etdi. Insonning qo‘li gul deb, bejiz aytilmagan. Hasharchilar o‘zari uchun ajratilgan hududda tozalash, dov-daraxtlarni butash ishlarini amalga oshirilib, ko‘z quvonadigan darajaga yetkazdi.  Hashar kelgusi kunlarda ham davom ettiriladi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.