15-oktabr "Xalqaro qishloq ayollari" kuni

Poytaxtimizdagi ‘‘Hyatt Regency Tashkent’’ mehmonxonasida ‘‘Xalqaro qishloq ayollari kuni’’ munosabati bilan Markaziy Osiyo forumi bo’lib o’tdi.
BMTning 2007-yil 18-dekabrda e'lon qilgan rezolyutsiyasi ko'ra 2008-yil 15-oktabrdan boshlab ‘‘Xalqaro qishloq ayollari kuni’’ nishonlanib kelinmoqda.
Ushbu sana mamlakatimizda ham keng nishonlanadi. Forumda qishloq xo'jaligi ilmini rivojlantirishga munosib hissa qo'shayotgan olima ayollar ham faol ishtirok etdi.
Ma'lumot uchun, Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy muassasalarda 40 nafar fan doktori, 126 nafar falsafa doktori ilmiy darajasiga ega xotin-qizlar faoliyat olib boradi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube