2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

Bugun mamlakatimiz hayotidagi muhim sanalardan biri. Bundan 34 yil avval, 1992-yil 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasdiqlangan.
Davlat gerbi — xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari, tinchliksevarligi va mustaqil taraqqiyot yo‘lining yorqin timsolidir. U Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va birlik tuyg‘ularini o‘zida mujassam etgan muqaddas davlat ramzlaridan biridir.
Davlat gerbi qabul qilingan kun muborak bo‘lsin!
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube