2024- YILNING MUHIM VOQEALARI

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va koreyalik hamkorlar o‘rtasida umumiy qiymati 3 mln 700 ming dollarlik yangi loyiha imzolandi.
Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov Janubiy Koreya Respublikasining xususiy urug'chilikka ixtisoslashgan GSBIO kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaniqabul qildi.
O‘zbekistonda golubika yetishtirishilmiy asosda tashkil etildi.
Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonovga Polsha davlatining WSB universtitetningfaxriy professori unvonini topshirdi.
"O‘zbekiston 24" telekanalining "Axborot" informasion dasturida "Qishloq xo‘jaligida ilm-fan integratsiyasi: ilmiy-tadqiqot institutlarining yangi loyihalari" mavzusida lavhaefirga uzatildi.
Milliy markazda ilk bor "Doktorantlar kuni" yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanalida lavha efirga uzatildi.
O‘zbekistonda ilk bor agrar soha olimlari "Xonadonbay" ilmiy loyihalarni amalga oshirdi. Ekspertlar tomonidan ma’qullangan loyihalar moliyalashtirilib, tadqiqotlaryo‘lga qo‘yildi.
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyatida O'zbekiston Agroxizmatlar markazining Xo‘jand AKIS filialida tojik mutaxassislari va fermerlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari va seminarlartashkil qildi.
Vetnam poytaxti Xanoy shahrida O'ZBEKISTON-VETNAM ISHBILARMON DOIRALARI UCHRASHUVI forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasiham ishtirok etdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan "Yashil makon umummilliy" loyihasi doirasidaMilliy markaz tashabbusi bilan Bo‘stonliq tumanida"Olimlar bog‘i" tashkil qilindi.
O‘zbekistonda ilk bor – guar ekini ustida tadqiqotlar boshlandi. Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanalining "Fakt 24" informatsion dasturida lavha efirga uzatildi.
Milliy markaz hududida Oziq-ovqat mahsulotlarixavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi markazfaoliyat boshladi. Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanalining"Axborot" informatsion dasturida lavha efirga uzatildi.
Milliy markaz tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti tashkil topganligini 100-yilligi munosabati bilan ilmiy-amaliy simpozium bo‘lib o‘tdi. Bu haqida "O‘zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" informatsion dasturilavha efirga uzatildi.
Xitoy safarida Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov Milliy markaz huzuridaagrotexnopark tashkil etish loyihasinitaqdimot qildi.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) rahbari Suy DunyuyMilliy markazga tashrif buyurdi.Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi vaziri Oksana Lut Milliy markazigatashrif buyurdi. Bu haqida"O'zbekiston 24" telekanalining "Axborot 24" informasion dasturida lavha efirga uzatildi.Milliy markazda “Agroinnovatsion texnologiyalar va ilmiy yondashuvlar” mavzusidagiko‘rgazma tashkil etildi.2024-yilda yurtimizda ilk bor Xitoy texnologiyasi asosida Chin yurtining g'o'za navlari parvarish qilindi. Dastlabki natijalar mutaxassislar tomonidan eʼtirof etildi.
Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va uning tizimida faoliyat yurituvchi bir guruh xodimlar "Qishloq xo'jaligi fidoyisi" ko'krak nishoniga loyiq ko'rildi.
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Janubiy Koreya hukumati tomonidan yuksak darajada e’tirof etildi.
“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar namunali yo‘lga qo‘yilgan tashkilot” tanlovida Milliy Markaz2-o'ringa loyiq ko'rildi.
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish deportamenti tomonidan o'tkazilgan tanlovda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim yo'nalishida faxrli 3-o'ringa loyiq ko'rildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube