29-30 OKTABR KUNLARI POYTAXTIMIZDA GULCHILIK YARMARKASI BO'LIB O'TDI

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan poytaxtimizda Respublika gulchilik yarmarkasini yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish belgilangan edi. Yangi hayot tumanidagi "Flower's garden" bog'ida birinchi Respublika gulchilik yarmarkasi o'tkazildi.
Unda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ilg'or gulchilar va xorijdan tashrif buyurgan gulchilik sohasi vakillari o'z maxsulotlari bilan ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazir o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher To‘rayev mazkur yarmarkada ishtirok etib, gulchilik va landshaft dizayn sohasining ahamiyati, gul yetishtirishga oid ilmiy qarashlar va ilmga asoslangan gul parvarishi qanday bo'lishi kerakligi haqida ma'lumot berdi.
AKIS UZBEKISTAN