3 yillik imtiyozli muddat bilan 10 yillik lizingga olish mumkin bo‘lgan BAUER zamonaviy mobil yomg‘irlatib sug‘orish uskunalari ham "Burg‘ilash xizmati" MCHJ bosh ofisi joylashgan Yuqorichirchiq…

tumanidagi AKIS markazida to‘liq hajmda taqdim etilgan.
Aynan shu tashkilot O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amalga oshirilayotan hukumat loyihasi doirasida buyurtmachi-tashabbuskorlarning yer ob’ektini oldindan o‘rganib, loyihaviy-texnik asoslashni ishlab chiqqan holda zamonaviy sug‘orish uskunalarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari yerlarida professional darajada joriy etish bilan shug‘ullanadi.
AKIS markazida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar BAUER yirik hajmli sug‘orish tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha to‘liq mutaxassis maslahatini olishi, shuningdek, lizingning afzalliklari va imtiyozli davr bo‘yicha barcha tushuntirishlarga ega bo‘lishi mumkin.