"8-mart- Xalqaro xotin qizlar kuni" munosabati bilan qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan xotin-qizlar uchun Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi…

tomonidan “Agrar sohaning novator olimasi” tanlovi e’lon qilindi! Bugunga qadar Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarida o'zaro saralash bosqichlari bo'lib o'tdi. Eng munosib deb tanlangan nomzodlar Milliy markazda bo'lib o'tadigan final bosqichga yuborildi.
Milliy markaz Axborot xizmati ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan videoroliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga joylaydi. Tanlov nizomiga kiritilgan talabga muvofiq ovozlar va ko'ruvchilar soni Milliy markazning telegram kanalida aniqlanadi.
Bizni kuzatishda davom eting, birozdan so'ng videoroliklar sahifalarimizga joylanadi.
Videoroliklarga ovoz berish rasmiy telegram kanalga a'zo bo'lish orqali amalga oshiriladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube