9-aprel — Buyuk Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

Bugun — jahon tarixida o‘zining betakror o‘rni va beqiyos siymosi bilan tanilgan, siyosiy zakovat, harbiy daholar, ilm-fan va madaniyat homiysi sifatida tan olingan Amir Temur bobomizning tavallud topgan kunidir.
1336-yil 9-aprel sanasi – xalqimizning g‘urur timsoli bo‘lgan Sohibqironning tug‘ilgan kunidir. Bu sana yurtdoshlarimiz qalbida tarixiy xotirani uyg‘otadi, milliy o‘zlik va istiqlol tuyg‘usini mustahkamlaydi.
Amir Temur — buyuk sarkarda, adolatparvar hukmdor, ilm-fan va bunyodkorlik homiysi. Uning donishmand siyosati, davlat boshqaruvi haqidagi qarashlari va “Temur tuzuklari” bugungi zamonaviy O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida ham ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Sohibqiron tomonidan asos solingan buyuk saltanat — bu nafaqat harbiy g‘alabalar, balki yuksak madaniyat, me’moriy yodgorliklar, adabiyot va ilm-fan taraqqiyoti bilan ham tarixda o‘chmas iz qoldirgan.
Sohibqiron qoldirgan meros — bu bizning ma’naviy boyligimiz, milliy sha’nimiz va tarixiy ildizimizdir.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram