Aeroponika – ekinlarni havo muhitida yetishtirish. Bu jarayon qanday amalga oshiriladi?

Aeroponikada o‘simliklar boshqa usullarga nisbatan tez o‘sib rivojlanadi, undagi barcha tadbirlar avtomatik tarzda bajariladi. Bunda o‘simliklarning ildiz tizimi joylashtiriladigan rezervuarning hajmi o‘rtacha, chuqurligi 20-25 sm bo‘lishi shart.
Rezervuarning zich yopiladigan qopqog‘iga teshikchalar o‘yiladi va ularga o‘simliklar xuddi gidroponika kabi joylashtiriladi. Bunda ular paxta bilan emas, 8-15 mm kattalikdagi pemza bilan mahkamlanadi.
O‘simliklar ildiz yuzasidagi to‘planadigan tomchilaridagi elementlarni o‘zlashtirishi sababli aeroponikada ishlatiladigan oziq aralashmalarning konsentratsiyasi gidroponika usulidagidan ko‘ra taxminan 10 baravar yuqori bo‘lishi kerak.
Eritmaning purkash muddati uning konsentratsiyasi, o‘simliklarning suvga talabi va ildiz tizimining rivojlanishiga bog‘liq. Ildiz hali tarmoqlanmagan paytda har 5 daqiqada, yaxshi rivojlangan paytda esa har 10-15 daqiqada purkaladi.
Bu davr ichida ildiz yuzasida saqlanib qolgan avvalgi purkash qoldiqlari to‘la yuvilishi va yangisi bilan almashinishi lozim.
Ozuqa aralashmalarning konsentratsiyasi va tarkibini nazorat qilish, xona ichidagi harorat va namlikni boshqarish qattiq va suvli muhit gidroponikalaridagi tartibda amalga oshiriladi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram