Agrar soha boshqaruvida zamonaviy yondashuvlar

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda tuman (shahar) hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun “Agrar sohada ilg‘or tajribalar va innovatsiyalar” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etilmoqda.
Bugun ushbu seminar doirasida navbatdagi guruh hokim o‘rinbosarlari ishtirokida maxsus o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Seminar ochilish qismida soha mas’ullari, olimlar hamda mutaxassislar ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar mazkur o‘quv-amaliy seminarining ahamiyati, uning joylarda agro-boshqaruv samaradorligini oshirishdagi o‘rni haqida fikr bildirdilar.
Shundan so‘ng, ishtirokchilar Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmada yangi ilmiy ishlanmalar va innovatsiyalar bilan yaqindan tanishdilar. O‘quv jarayonida tinglovchilar o‘z bilim va malakalarini oshirish, joylarda zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda qishloq va suv xo‘jaligi sohasini tubdan isloh qilish, tarmoqqa zamonaviy texnologiyalarni izchil joriy etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tashkil etilayotgan bunday o‘quv-amaliy seminarlar ham ushbu islohotlarning uzviy davomi sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube