Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agrar soha ilm-faniga munosib hissa qo‘shgan olimlar taqdirlandi

Agrar soha ilm-faniga munosib hissa qo‘shgan olimlar taqdirlandi
Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari, erkin va farovon hayot sari intilishlarining timsolidir. Bugun mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, agrar soha taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni beqiyos. Qishloq xo‘jaligida zamonaviy va innovatsion yondashuvlarni joriy etish, yangi navlar va texnologiyalarni yaratish, resurs va suv tejovchi yechimlarni ishlab chiqishda olimlarning ilmiy izlanishlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida agrar soha ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh olimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbari so‘zga chiqib, olimlarni Mustaqillikning 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Jamoliddin Babaxanov o‘z nutqida agrar soha ilm-fanini rivojlantirish, ilmiy izlanishlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish va qishloq xo‘jaligi uchun ilmiy asoslangan yechimlarni ishlab chiqishda olimlarning mas’uliyati va fidokorona mehnati muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Tantanali marosimda agrar soha ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh olimlar "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi" ko‘krak nishoni hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Ko‘krak nishonlari va faxriy yorliqlarni Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Akmal Shamsiyev hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o‘rinbosari — Ilmiy majmua rahbari Aziz Bahodirovlar tantanali ravishda topshirdilar. Ushbu e’tirof olimlarning ko‘p yillik samarali mehnati, ilmiy izlanishlari va agrar soha taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasiga berilgan yuksak bahodir. Bunday e’tirof olimlarni yangi ilmiy izlanishlarga, innovatsion g‘oya va ishlanmalar yaratishga hamda ularni amaliyotga samarali tatbiq etishga yanada ruhlantiradi. Taqdirlangan olimlarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘lik, ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va agrar soha taraqqiyoti yo‘lida yangi yutuqlar tilaymiz. Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.