Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agrar soha ilmini rivojlantirishda Avstraliyalik olimlar bilan hamkorlik

Agrar soha ilmini rivojlantirishda Avstraliyalik olimlar bilan hamkorlik
Shu kunlarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov rahbarligidagi agrar soha olimlaridan iborat delegatsiya a’zolari Avstraliyada xizmat safarini amalga oshirmoqda. Safardan ko‘zlangan maqsad, paxtachilik va g‘allachilikda yangi navlar seleksiyasi va urug‘chiligi, genetik modifikatsiyalangan g‘o‘za navlarini yaratish hamda urug‘chiligi va yetishtirishdagi ilg‘or innovasion texnologiyalarni o‘rganish va respublikamizda joriy etish. Shuningdek, Avstraliya mintaqasiga mos bo‘lgan o‘simlik va ekin turlarini respubliikamizga introduksiya qilish va ularni tadqiq qilish asosida stress omillarga chidamli barqaror hosil va sifatga ega navlarni yaratishdir. ⌛ Delegatsiya a’zolari xizmat safarining birinchi ish kunida ayni maqsadda Avstraliyaning Brizben shahrida joylashgan “Barenbrug” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashib kelgusida ushbu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borish uchun hamkorlik memorandumi imzolashga erishdilar. Ma’lumot uchun “Barenbrug” kompaniyasi dunyodagi eng yirik kompaniyalarlardan biri bo‘lib ozuqabop ekin turlarining yangi navlarini yaratish, urug‘chiligi va yetkazib berish bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi. Delegatsiya a’zolarining Avstraliyaga safari natijalarini rasmiy sahifalarimiz orqali bayon qilib boramiz. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEBTelegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.