Agrar soha ilmini rivojlantirishda Tojikiston bilan hamkorlik

Ayni kunlarda Tojikiston Qishloq xo‘jaligi Akademiyasi tizimidagi bir qator ilmiy muassasalarning 15 kishidan iborat delegatsiyasi Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.
Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o'rinbosari Akmal To'lanov delegatsiya vakillarini dastlab Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishtirgan bo'lsa, mehmonlar bugun Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda O'simliklar genetik resurslari faoliyati bilan yaqindan tanishib, olimlarimiz bilan o'zaro fikr almashdilar.
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif davomida institut direktori Bahodir Ibrohimov mehmonlarga ilmiy muassasa tarixi, olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari, seleksiya yutuqlari va bugungi kunda mahalliy kartoshka navlarining yuqori avlodli urug'liklarini tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi.
Tojikiston delegatsiyasi ilmiy muassasada ilmiy tadqiqotlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ilmiy faoliyatga yuqori baho berdilar.
Ilmiy muassasaga tashrif yakunida delegatsiya vakillari sabzavotchilik ilmini rivojlantirishda institutimiz bilan yaqin hamkorlik qilish yuzasidan o'z takliflarini bildirdi. Taklif institut jamoasi tomonidan qo'llab-quvvatlandi.
Delegatsiyaning keyingi manzili O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti bo'ldi. Bu haqda keyingi postimizda xabar beramiz.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube