Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Agrar soha kadrlari malakasini oshirishda Xitoy tajribasi

Agrar soha kadrlari malakasini oshirishda Xitoy tajribasi
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti direktori Rustam Nizomov Xitoy Xalq Respublikasining Anhui SunGu Agritech Co., Ltd. kompaniyasi Xalqaro aloqalar bo‘limi menejeri Shao Jin bilan uchrashdi. Muloqot davomida qishloq xo‘jaligiga zamonaviy texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni joriy etish, urug‘chilik va seleksiya yo‘nalishlarida ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda Xitoyning zamonaviy agrotexnologik yechimlarini O‘zbekiston sharoitida qo‘llash istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, agrar soha mutaxassislari uchun zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv kurslari, amaliy seminarlar va malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, xorijiy ekspertlarni ta’lim jarayonlariga jalb qilish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro tajribani mahalliy sharoitga moslashtirish va agrar ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni keng tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.