Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agrar soha kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashda Koreya bilan hamkorlik

Agrar soha kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashda Koreya bilan hamkorlik
Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Markaz direktori o‘rinbosari Oybek Omonov hamda Koreya Respublikasining Wonkwang University rahbari Pak Song Te o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ma’lumki, Wonkwang University Koreya Respublikasining Iksan shahrida joylashgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya va innovatsion tadqiqotlar yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan, xalqaro hamkorlik tajribasiga ega nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida ta’lim va ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Muhokama yakunida ikki tomonlama hamkorlik kelishuviga erishildi. Shundan so‘ng muloqot Milliy markaz tizimidagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida davom etdi. Institut direktori Rustam Nizomov mehmonlarga muassasaning oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislar tayyorlash hamda ilmiy-amaliy faoliyat yo‘nalishlari xususida atroflicha ma’lumot berdi. O‘z navbatida Pak Song Te bugun dunyoda yuz berayotgan global iqlim o‘zgarishlari sharoitida turli tashqi ta’sirlarga bardoshli ekin navlarini yaratish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning bilim va malakasini oshirish davr talabi ekanini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, mazkur yo‘nalishda ikki do‘st davlatning agrar sohadagi olimlari va mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish mavjud muammolarga ilmiy asoslangan va samarali yechimlar topish imkonini beradi. Muloqot yakunida Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda Koreya Respublikasining Wonkwang University o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumga muvofiq, o‘zbekistonlik soha mutaxassislarining Koreya Respublikasida malaka oshirishi, qo‘shma o‘quv kurslari va ilmiy dasturlarni amalga oshirish, shuningdek, tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram |Facebook |▶Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.