Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Agrar soha olimlari dehqonning ishonchini oqlashi kerak

Agrar soha olimlari dehqonning ishonchini oqlashi kerak
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligida ham kutilgan natijaga erishishning birlamchi omili ilm hisoblanadi. Ayni yo‘nalishdagi ishlar bilan tanishish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Q. Yo‘ldoshev va vazirlik huzuridagi Milliy markaz direktori Sh. Otajonov rahbarligidagi ishchi guruh tizimdagi bir qator institutlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tanishuv jarayonida erishilgan yutuqlar va kamchiliklar tahlil qilindi. – Erishayotgan yutuqlarimiz ko‘p. Biroq yechimini kutayotgan muammolar, og‘riqli nuqtalar ham yetarli. Masalaga yechim topish esa tashabbuskorlik va izlanuvchanlikni talab qiladi. Agar soha olimlari dehqonning og‘irini yengil qila olmasa dehqonda olimga nisbatan ishonch butkul yo‘qoladi, – dedi Milliy markaz rahbari Sh. Otajonov. Ilmiy-tadqiqot institutlarida o‘tgan uchrashuvlar yakunida tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi. https://t.me/AKIS_milliy_markaz

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.