Agrar soha xodimlar uchun malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Bugungi kunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari hamda tuman bo‘limlari xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari faol va yuqori samaradorlik bilan davom etmoqda.
Mashg‘ulotlar jarayonida tinglovchilar nafaqat nazariy bilimlarini mustahkamlash, balki amaliy jarayonlarda faol ishtirok etish orqali o‘z kasbiy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirmoqdalar. Har bir dars zamonaviy yondashuvlar, innovatsion usullar hamda ilg‘or tajribalar asosida tashkil etilmoqda.
Shuningdek, kurslar doirasida amaliy mashg‘ulotlar sohaning yetakchi olim va mutaxassislari tomonidan o‘tkazilayotgan master-klasslar tinglovchilarga yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish imkonini yaratmoqda.
Ushbu o‘quv jarayonlari bilim, tajriba va innovatsiyani uyg‘unlashtirgan holda, qishloq xo‘jaligi sohasi rivoji uchun zarur bo‘lgan malakali kadrlarni tayyorlashga xizmat qilmoqda.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram