Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

AGRAR SOHA XODIMLARI MALAKASINI ZAMONAVIY BILIMLAR BILAN BOYITISHDA GERMANIYA BILAN HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILISHI MUMKIN

AGRAR SOHA XODIMLARI MALAKASINI ZAMONAVIY BILIMLAR BILAN BOYITISHDA GERMANIYA BILAN HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILISHI MUMKIN
Bugun Miliy markaz direktori o‘rinbosari Bunyod Mamarahimov Germaniya Federativ Respublikasining DEULA-Nienburg "Deutsche Lehranstalt für Agrartechnik" qishloq xo'jaligi bo'yicha amaliy mashg'ulotlar markazi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mehmonlar DEULA-Nienburg "Deutsche Lehranstalt für Agrartechnik" qishloq xo'jaligi bo'yicha amaliy mashg'ulotlar markazi Yevropadagi 97 yillik tarix va sohada yuqori tajribaga ega o‘quv markazi ekanligini ta’kidladi. Ma’lum qilinishicha, ushbu o‘quv markazi dunyoning 45 ta davlatida o‘zlarining hamkorlariga ega. Tashkilot xalqaro bozorda 20 yillik tajribaga ega. Qishloq xo‘jaligiga oid bilim va malakalarini oshirish maqsadida o‘quv markaziga har yili dunyoning ko‘plab davlatlaridan o‘n ming nafardan ziyod soha xodimlari tashrif buyuradi. Tomonlar agrar sohani rivojlantirishda yaqindan hamkorlik qilish masalini muhokama qildilar. O‘zbekistonlik agrar soha xodimlarining zamonaviy bilim va tajribalar orttirish maqsadida Germaniyaga DEULA-Nienburg "Deutsche Lehranstalt für Agrartechnik" qishloq xo'jaligi bo'yicha amaliy mashg'ulotlar markaziga yuborish va ushbu markazning Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida hamkorlikda sho‘basini ochish masalasi muhokamalar markazida bo‘ldi. Uchrashuv yakunida mehmonlar Milliy markaz rahbariyatini yaqin hamkorlik o‘rnatish oldidan Germaniyaga borib, DEULA-Nienburg "Deutsche Lehranstalt für Agrartechnik" qishloq xo'jaligi bo'yicha amaliy mashg'ulotlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishni taklif qildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.