Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agrar sohada boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar boshlandi

Agrar sohada boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar boshlandi
Avval xabar qilganimizdek, bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida tuman (shahar) hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun “Agrar sohadagi ilg‘or tajribalar va innovatsiyalar” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘z ishini boshladi. Kunning birinchi qismida seminarning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qishloq xo‘jaligi hamda Suv xo‘jaligi vazirliklari rahbariyati ishtirok etib, mazkur tadbirning qishloq va suv xo‘jaligi sohasida boshqaruv samaradorligini oshirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng seminar ishtirokchilari Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazma bilan tanishib, sohada olib borilayotgan ilmiy ishlanmalar va innovatsion yechimlar bilan yaqindan tanishdilar. Kunning ikkinchi qismida qishloq va suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, “aqlli" qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini joriy etish, agrosanoatda qayta ishlash, logistika va agroklasterlar faoliyatiga oid dolzarb masalalar hamda ularning yechimlariga bag‘ishlangan taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243-son Farmoni ijrosi doirasida tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi hududlarda natijaga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etish hamda rahbar kadrlarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishdan iborat. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram |Facebook |▶Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.