Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agrar sohada faoliyat yuritayotgan rahbar kadrlar uchun o‘quv-amaliy seminar boshlandi

Agrar sohada faoliyat yuritayotgan rahbar kadrlar uchun o‘quv-amaliy seminar boshlandi
Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida Toshkent viloyati tumanlari hokimlari uchun qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qabul qilingan yangi qaror va farmonlar, subsidiyalar, kompensatsiya mexanizmlari, soliq imtiyozlari hamda eksportni qo‘llab-quvvatlash choralarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan o‘quv seminari boshlandi. Seminar davomida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, agrosug‘urta tizimi, paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, subsidiya ajratishning yangi tartiblari hamda issiqxona xo‘jaliklari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan amaliy tavsiyalar berildi. Ma’lumot uchun, bunday o‘quv-amaliy seminarlar respublika hududlari kesimida may–iyun oylarida davom ettiriladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.