Agrar sohada ilg‘or tajribalar va innovatsiyalar ishlab chiqarishga tatbiq etilmoqda

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida tuman (shahar) hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlarining navbatdagi guruhi uchun bilim va amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar boshlandi.
Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243-son Farmoni ijrosi doirasida joriy yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida tashkil etildi. Seminar qishloq va suv xo‘jaligi sohasida natijaga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etishni maqsad qilgan.
O‘quv-amaliy seminarining asosiy maqsadi hududlarda qishloq va suv xo‘jaligi sohasida boshqaruv samaradorligini oshirish, ilg‘or tajriba va innovatsion yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, rahbar kadrlarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
O‘quv jarayoni davomida qishloq va suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, “aqlli” qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, agrosanoatda qayta ishlash, logistika va agroklasterlar faoliyati, shuningdek, natijaga asoslangan boshqaruv hamda KPI tizimlarini joriy etish masalalari bir haftalik o‘quv kursi doirasida muhokamalar markazida bo‘ladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube