Agrar sohada ilmida O‘zbekiston va Koreya hamkorligi yanada kengayadi

Bugun Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi Von Do Yon Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga tashrif buyurdi. Elchi janoblarini Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov kutib oldi. Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda dastlab, Milliy markazning Janubiy Koreya Respublikasi tashkilotlari bilan hamkorliklari haqida ma'lumot berildi. Xususan, KOPIA markazi bilan sholichilik, sabzavotchilik va chorvachilik sohalaridagi uzoq yilga mo'ljallangan loyihalari bugungi kunda samarali natija berayotgani DAYKA, KAOMI, EPIS, AFACI kabi tashkilotlar bilan boshlangan loyihalar esa O'zbekiston qishloq xo'jaligi uchun manfaatli ekani haqida ta'kidlandi. Ayni vaqtda Milliy markaz huzurida Janubiy Koreyaning GS BIO-innovatsion laboratoriyasi, Meva sabzavotchilikda ilg'or texnologiyalar markazi va "Smart farm" loyihasi doirasida qurilgan issiqxonalar faoliyat yuritayotgani haqida ma'lumotlar berildi.
Uchrashuvda ishtirok etgan KOPIA tashkilotining O'zbekistondagi markazi direktori Oh Sun Jong va Milliy markaz tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida olib borayotgan loyihalar to'g'risida o'z fikr mulohaza va takliflarini bildirdi.
Muloqot davomida Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov elchi janoblari Von Do Yonga agrar soha ilmiy yo'nalishida olib borilayotgan hamkorlik ko'lamini kengaytirish, xususan O'zbekistonda virus va bakteriyalardan holi ekinlar urug'larini tayyorlash borasida yangi loyihalarni amalga oshirish taklifini bildirdi. O'z navbatida elchi Von Do Yon ushbu taklifni qo'llab-quvvatlab ikki do'st mamlakat o'rtasida bu boradagi ishlarni amalga oshirishda vositachi bo'lishni ta'kidladi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube