Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agrar sohada yuqori natijalarga eriish soha ilm-fanining nechog‘lik yuksalishi bilan bevosita bog‘liq.

Agrar sohada yuqori natijalarga eriish soha ilm-fanining nechog‘lik yuksalishi bilan bevosita bog‘liq.
Shu bois ilmiy-tadqiqot institutlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy laboratoriyalar va zarur vositalarni xarid qilish uchun Jahon  bankining  grant mablag‘lari jalb etilgan. Bugun  Milliy markazda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari A. Shukurov rahbarligida  o‘tkazilgan yig‘ilish ham ayni mavzuga bag‘ishlandi. Unda Jahon banki mablag‘lari hisobidan  ilmiy-tadqiqot institutlariga ajratilayotgan mablag‘larni o‘zlashtirish holati tahlil qilindi. Mablag‘larni o‘zlashtirishda yuzaga kelayotgan masalalarga yechim topish va tashkiliy ishlar muhokama qilindi. Ilmiy muassasalar mutasaddilari mablag‘larini o‘zlashtirishda zarur maslahat va tavsiyalarga ega bo‘ldilar. Muhokama so‘nggida har oyda ikki marta ushbu masalani Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari A. Shukurov rahbarligida muhokama va tahlil qilishga kelishib olindi. Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.