Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agrar sohadagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

Agrar sohadagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
Ayni paytda amaliy tashrif bilan Qirg‘iz Respublikasida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev boshchiligidagi mamlakatimiz agrar soha mutasaddilaridan iborat delegatsiya Qirg‘iz Respublikasi Suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri o‘rinbosari Mirbek Duysheev boshchiligidagi rasmiylar bilan uchrashuv o‘tkazdi. ℹMuzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida shakllangan samarali hamkorlikning bugungi holati tahlil qilinib, uni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Xususan, kartoshkachilik tarmog‘ini rivojlantirish, yuqori reproduksiyali urug‘lik materiallarini yetishtirish va o‘zaro yetkazib berish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, sholichilik sohasida tajriba almashish, O‘zbekiston seleksiyasiga mansub navlarni Qirg‘iz Respublikasi hududlarida sinovdan o‘tkazish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuvda, shuningdek, "Do‘stlik bog‘i" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, hududni obodonlashtirish, zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va mevali daraxt ko‘chatlarini ekishga tayyorgarlik jarayonlariga ham alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunida tomonlar agrar sohadagi hamkorlikni yanada faollashtirish, mas’ul tashkilotlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlarni kengaytirish hamda qo‘shma tashabbuslarni izchil amalga oshirish bo‘yicha kelishdilar. Bu esa O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlarni joriy etish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.