Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agrar sohadagi ilg'or tajribalar va innovatsiyalar

Agrar sohadagi ilg'or tajribalar va innovatsiyalar
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida tuman (shahar) hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminarining ochilish qismi boshlandi. Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243-son Farmoni ijrosi doirasida joriy yilning yanvar–fevral oylarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida tashkil etildi. Seminar qishloq va suv xo‘jaligi sohasida natijaga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etishni maqsad qilgan. Seminarning asosiy maqsadi hududlarda qishloq va suv xo‘jaligi sohasida boshqaruv samaradorligini oshirish, ilg‘or tajriba va innovatsion yondashuvlarni joriy etish, rahbar kadrlarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. O‘quv jarayoni davomida qishloq va suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, “aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalari, agrosanoatda qayta ishlash, logistika va agroklasterlar faoliyati, shuningdek, natijaga asoslangan boshqaruv hamda KPI tizimlarini joriy etish masalalari muhokama qilinadi. Tafsilotlarni kuzatib boring! Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram |Facebook Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.