AGRAR SOHADAGI NOYOB KITOBLAR MASKANI

Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining kutubxonasida 79 tomdagi ensiklopediya va 20 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi sohasiga oid kitoblar saqlanmoqda.
Ushbu maskan dastlab ilmiy ishlar saqlanadigan arxiv, 1950-yildan boshlab esa, kutubxona sifatida ish boshladi. O‘shanda undan atigi 3250 ta kitob va qo‘lyozma, monografiyalar o‘rin olgan.
Ilmiy adabiyotlar orasida 1890-yilga oid ensiklopediyalar, 1934-yildan toki shu kungacha yozilgan olimlarning qo‘lyozmalari, nashr etilganiga bir asrdan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsada, xuddi yangidek saqlangan sohaga oid nashrlar bor.
Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining Ilm va innovatsiya bo‘yicha direktor muovini Baxtiboy Annaqulov agrar sohada ilmiy tadqiqotlar, ixtirolar qilayotgan yoshlarni mana shunday kutubxonalarga kelishi muhimligini ta‘kidlab o‘tdi.
Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM