AGRAR SOHASIGA OID GAZETA VA JURNALLARNING ELEKTRON VARIANTINI VAZIRLIKNING RASMIY SAYTIDAN YUKLAB OLING

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining rasmiy sayti - AGRO.UZ da agrar sohada olib borilayotgan ishlar, qishloq xo‘jaligiga joriy etilayotgan innovatsion ishlanmalar, soha mutaxassislarining dolzarb fikrlarini chop etib kelayotgan gazeta va jurnallarning elektron variantini joylab borishni yo‘lga qo‘ydik.
Vazirlik huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutining “Tuproqshunoslik va agrokimyo” ilmiy jurnali 2022 yildan buyon chop etib kelinmoqda.
Ushbu jurnal O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan milliy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.
Endilikda yurtimiz agrar sohasini yoritishga ixtisoslashgan barcha nashrlar bilan Vazirlikning rasmiy veb-sahifalarida tanishishingiz mumkin.
#jurnal #gazeta #tuproqshunoslik #agrokimyo #qishloq_xojaligi #maqola
WWW • TELEGRAM • FACEBOOK • YOUTUBE • INSTAGRAM