AGRAR TA'LIM VA TUR

Agrar tizimda yosh kadrlarni tayyorlash sohadagi dolzarb masalalardan biri.Oliy taʼlim muassasalarida qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlarining tashkil etilib,amaliyotchi mutaxassislarning biriktirilayotgani nazariy maʼlumotlarni amalda mustahkamlash imkoniyatini bermoqda.Navoiy viloyat agroxizmatlar markazi tomonidan yoshlarning agrar sohadagi bilmlarini kengaytirish maqsadida amaliy mashgʻulotlar tashkil etib borish yoʻlga qoʻyilgan.
Haftada bir marotaba o‘tkaziladigan bu turdagi mashg‘ulotlar davomida belgilangan muddatlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiradigan MCHJ, qo‘shma korxonalarga yoshlar tashrifi “Agro-tur” tariqasida tashkil etib boriladi.
Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi issiqxonalarga uyushtirildi.Yoshlar bu yerda pamidor mahsulotini innavatsion usullarda yetishtirish sirlari bilan yaqindan tanishdilar.