AGRAR TA'LIM-ZAMON TALABI

Agrar tizimda yosh kadrlarni tayyorlash sohadagi dolzarb masalalardan biri. Oliy taʼlim muassasalarida qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlarining tashkil etilib, amaliyotchi mutaxassislarning biriktirilayotgani nazariy maʼlumotlarni amalda mustahkamlash imkoniyatini bermoqda.Navoiy viloyat agroxizmatlar markazi tomonidan yoshlarning agrar sohadagi bilimlarini kengaytirish maqsadida amaliy mashgʻulotlar tashkil etib borish yoʻlga qoʻyilgan. Ayni paytda qishloq xoʻjaligida toʻqsonbosdi ekinlar ekish mavsumi.Shu bois, navbatdagi muloqot mazkur mavzuga bagʻishlandi.
Yoshlarga muloqot davomida toʻqsonbosti usulda sabzavot ekishda yerni tayyorlash, urugʻlarni tanlash va agrotexnik tadbirlarni sifatli va samarali tashkil etish boʻyicha tavsiyalar berildi.
AKIS UZBEKISTAN