Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agriculturalist.org – aqlli dehqonchilikning yangi raqamli yordamchisi

Agriculturalist.org – aqlli dehqonchilikning yangi raqamli yordamchisi
Jahonda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish jarayonlari jadal tus olmoqda. Sun’iy intellekt, geoaxborot tizimlari va katta ma’lumotlarga asoslangan yechimlar fermer xo‘jaliklari samaradorligini oshirishning muhim omiliga aylanib bormoqda. Ana shunday zamonaviy platformalardan biri – Agriculturalist.org bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi sohasi uchun intellektual raqamli yordamchi sifatida e’tibor qozonmoqda. Platforma dehqonlar, fermerlar, agronomlar hamda soha mutaxassislariga ekinlarni parvarishlash, o‘simliklar holatini baholash va agrotexnik qarorlar qabul qilishda ko‘maklashishga qaratilgan. Sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan mazkur tizim o‘simliklardagi kasallik va zararkunandalarni aniqlash, ekin tanlash, ob-havo ma’lumotlari hamda agrotexnik tavsiyalar berish imkoniyatlarini o‘zida mujassam etgan. Xususan, foydalanuvchi smartfon orqali o‘simlik suratini yuklash orqali uning holatini tahlil qilishi, ehtimoliy kasalliklar haqida ma’lumot olishi mumkin. Shuningdek, tuproq tarkibi, iqlim sharoiti va suv resurslarini hisobga olgan holda ekin turlarini tanlash bo‘yicha tavsiyalar ham taqdim etiladi. Mutaxassislarning qayd etishicha, bunday platformalar resurslardan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, raqamli maslahatlar, ovozli yordamchi va chatbot xizmatlari fermerlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi. Qishloq xo‘jaligini ilm-fan va innovatsiyalar bilan uyg‘unlashtirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, Agriculturalist.org kabi platformalar raqamli dehqonchilikning yangi bosqichini shakllantirishga xizmat qilayotgan zamonaviy yechimlardan biri sifatida baholanmoqda. Quyidagi havola orqali ushbu platformada ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: https://agriculturalist.org/uz Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.