Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agro Meteo Bot – sizning dala kuzatuvchingiz!

Agro Meteo Bot – sizning dala kuzatuvchingiz!
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy (AKIS) markazi va telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Fermerlar kanali” hamkorligida maxsus telegram-bot — @Agro_Meteo_bot ishga tushirildi. Ushbu bot orqali ob-havo ma’lumotlari va shu ma’lumotlarga asoslangan agrotavsiyalarni olish imkoniyati mavjud. Agar sizda dala, tomorqa yoki yaylovdagi mavjud ekin holati (masalan, lalmi bug‘doyning unib chiqishi, ekish jarayoni, zararkunandalar ta’siri yoki tabiiy ofatdan ko‘rilgan zarar) bo‘yicha ma’lumot bo‘lsa, ushbu botni orqali bizga surat va ma’lumotlarni yuboring. Yuboriladigan ma’lumotlar: • ekin surati • nomi va navi • ekilgan muddati • qisqacha izoh Yuborilgan ma’lumotlar agrometeorologik tahlil hamda tezkor yordam ko‘rsatishda muhim o‘rin tutadi. Botni foydalanuvchilarning talab va takliflari asosida takomillashtirib boriladi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.