Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

agro_life

agro_life
No‘xat yetishtirishda yangi texnologiya Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida yangi yaratilgan no‘xatning "Obod" navi 76x10-1 sxemada qo‘shqator usulida yanvar oyida ekilib, yangi texnologiya sinovdan o‘tkazilmoqda. Ushbu texnologiyaning afzalliklari: Tuproq unumdorligi oshadi, an’anaviy texnologiyaga ko‘ra, suv resurslari 25-30% iqtisod qilinadi, yerdan foydalanish samaradorligi ortadi, ikkinchi ekin uchun erta ekish imkoni yaratiladi, mineral o‘g‘itlardan foydalanishda xarajatlar iqtisod qilinadi. Mazkur texnologiyada maydon birligida ko‘chatlar sonining ko‘p bo‘lishi hisobida hosildorlik ortadi. Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari barqarorligi ta’minlanadi, tuproq muhiti yaxshilanadi. Maqsad bitta — qisqa fursatda yuqori hosil beradigan, sifatli urug‘ga ega va ishlab chiqarishga tayyor no‘xat navlarini fermerlar ixtiyoriga topshirish. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.