Agro_maslahat

BEGONA OʻT TARQALISHINING OLDINI OLISH TADBIRLARI
Begona oʻtlarga qarshi agrotexnik choralar:
shudgorlash,
ekin ekishdan oldin va ekin ekilgandan soʻng yerga ishlov berish tadbirlari kiradi.
Kuzgi shudgorni sifatli qilib ikki yarusli plug bilan oʻtkazish begona oʻtlar sonini keskin kamaytiradi. Chimqirqar plug bilan tuproq yuzasiga toʻkilgan begona oʻt 30-35 sm chuqurlikka koʻmilsa maʼlum miqdorda unuvchanligini yoʻqotadi.
Gʻumay, ajiriq, qamish kabi ildizpoyali begona oʻtlarni shudgorlashdan oldin ag'dargichi olingan plugda 18-22 sm chuqurlikda yumshatib soʻngra chizel yordamida ildizpoyalarni tirmalab olish kerak.
Har yil oʻzgargan chuqurlikda haydash ham begona oʻtlarni kamaytiradi.
Agar yer birinchi yili - 40 sm,
keyingi yillarda 25,30,35 va 40 sm chuqurlikda shudgorlansa begona oʻt urugʻlari tushgan qatlam uch yilgacha yer betiga chiqmaydi va unuvchan urugʻlar miqdori kamayadi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEBTelegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube