Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

agro_o'quv

agro_o'quv
NAVOIYDA AGRO O'QUV KURSLARINI TUGATGAN YOSHLARLAR DIPLOM VA SERTIFIKATLARGA EGA BO‘LISHDI "Yerni boqsang,yer seni boqadi" deydi xalqimiz. Darhaqiqat, yer bilan tillasholgan omilkor dehqon, nainki oilasini,balki elni boqish quvvatiga ega bo'ladi. Bu tizimni esa ilmiy tilda qishloq xo'jaligi deb ataymiz.Shu bois ham, qishloq xo'jaligi tarmog'i kambag'allikni qisqartirish, qo'shimcha ish o'rinlari yaratish va tadbirkorlik rivojida yetakchi sohalardan biri hisoblanadi. Qishloq xo'jaligida samaradorlikka erishishda esa o'qish va o'rganishning ahamiyati katta.Shu bois, O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimida agro o'quvlar tashkil etish yo'lga qo'yildi. Navoiy viloyat agroxizmatlar markazi mutaxassislari tomonidan mazkur yo'nalishda hudud ahli va yoshlar uchun agro o'quvlar olib borilib, bugungi kunda o‘quvchilarga diplom va sertifikatlar topshirildi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.