Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Agro_Tavsiya

Agro_Tavsiya
G‘o‘zaga etifon preparatini qo‘llash bo‘yicha muhim tavsiya Joriy yilning 1-avgustidan boshlab 8–12 ta ko‘sak hosil qilgan, dastlab hosil bo‘lgan 2–3 ta ko‘sagi ochila boshlagan g‘o‘za maydonlarida o‘simlikka “qaritish” signali berish maqsadida etifon preparati bilan ishlov berish tavsiya etiladi. Xo‘sh, preparatni 1 gektar maydonga qanday me’yorda qo‘llash lozim? Bu savol ko‘plab fermerlarni qiziqtirishi tabiiy. Agar sizni ham ushbu savolning javobi qiziqtirsa, videoni oxirigacha tomosha qiling. Videoda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, professor Shuhrat Abdulalimov ushbu masala yuzasidan batafsil ma’lumot beradi. Tavsiya siz uchun foydali bo‘lsa, videoga like bosing va uni fermer tanishlaringiz bilan ulashing. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.