Agro_Tavsiya

Dehqonchilikda eng muhim omil — navni to‘g‘ri tanlash
Sharq taqvimi bo‘yicha yurtimizda Asad oyi boshlandi. Bu davr dehqon va fermerlar uchun eng mas'uliyatli pallalardan biri sanaladi. G‘o‘za hosildorligini oshirish, takroriy ekinlarni sifatli undirib olish va ularga dastlabki agrotexnik ishlov berish, pishib yetilgan hosilni nes-nobud qilmasdan iste'molchiga yetkazish — ayni kunlarning eng muhim vazifalaridir. Bejizga dono xalqimiz: "Asad ekiningni yasat", deb aytmagan.
⏰Vaqt esa hech kimni kutmaydi. Oradan ko‘p o‘tmay kuzgi g‘alla ekish mavsumi ham boshlanadi. Ayni kunlarda urug‘chilik korxonalarida kuzgi ekish uchun urug‘lik don tayyorlash ishlari qizg‘in davom etmoqda.
G‘alladan mo‘l va sifatli hosil olish esa, avvalo, navni to‘g‘ri tanlashga bog‘liq. Chunki har bir hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos navni tanlash yuqori hosildorlik, kasalliklarga chidamlilik va barqaror natijaning muhim omili hisoblanadi. Noto‘g‘ri tanlov esa kutilgan hosilni bermasligi mumkin.
Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Zohidjon Ziyodullayev ayni mavzuda fermer va dehqonlar uchun muhim tavsiyalarini ulashdi. Ishonamizki, ushbu videoni tomosha qilish orqali siz g‘alla navini tanlashda asqatadigan foydali tavsiyalarga ega bo‘lasiz.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube