AGRO_TAVSIYA

ISSIQXONADA O‘SIMLIKLARNI KASALLIKLARDAN QANDAY HIMOYA QILISH MUMKIN?
Issiqxonada yuqori harorat va namlik turli kasalliklar tarqalishi uchun qulay muhit yaratadi. Agar profilaktika choralari ko‘rilmasa, hosilga jiddiy zarar yetishi mumkin.
O‘simliklarni sog‘lom saqlash uchun quyidagi qoidalarga amal qiling
Issiqxonani muntazam shamollating. Yaxshi havo aylanishi ortiqcha namlikni kamaytiradi va zamburug‘li kasalliklar xavfini pasaytiradi.
Ortiqcha sug‘orishdan saqlaning. Haddan tashqari namlik ildiz chirishi va turli kasalliklarga sabab bo‘ladi. Tomchilatib sug‘orish eng samarali usullardan biri hisoblanadi
Kasallangan barg va shoxlarni olib tashlang. Zararlangan qismlarni o‘z vaqtida tozalash kasallik tarqalishining oldini oladi.
Tozalikka rioya qiling. Asbob-uskunalarni dezinfeksiya qiling, issiqxona ichida qoldiqlarni to‘plamang.
Biologik vositalardan foydalaning. Foydali mikroorganizmlar va biopreparatlar o‘simliklarni himoya qilishga yordam beradi va kimyoviy vositalarga ehtiyojni kamaytiradi.
O‘simliklarni muntazam kuzatib boring. Barglarda dog‘lar, sarg‘ayish yoki hasharotlar paydo bo‘lsa, darhol chora ko‘ring.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube