Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

AGRO_TAVSIYA

AGRO_TAVSIYA
To‘qsonbosti usulida osh lavlagi yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar Mahsulotni birinchilardan bo‘lib bozorga chiqarish dehqonga yaxshi daromad keltiradi. To‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini yetishtirish esa aynan shunday imkoniyatni taqdim etadi. Quyida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan osh lavlagini to‘qsonbosti usulida yetishtirish bo‘yicha berilgan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qilamiz. Osh lavlagini joylashtirishda, albatta, ekinlarni almashlab ekish qoidalariga amal qilish shart. Lavlagi shunday tarzda almashlab joylashtirilishi kerakki, ular 3–4 yildan keyin yana avvalgi maydonga qayta ekilishi mumkin bo‘lsin. Osh lavlagi dastlabki o‘sish davrida juda sekin rivojlanadi, begona o‘tlar esa undan oldin unib chiqib, dalani egallab oladi. Shu bois, lavlagini begona o‘tlar tozalanadigan ekinlar — kartoshka, bodring, karamdan keyin ekish tavsiya etiladi. Hozirda mavjud lavlagi navlari xilma-xil bo‘lib, dehqonlar hosildorlik va ta’m jihatdan eng mos bo‘lgan nav yoki duragayni tanlash imkoniga ega. Osh lavlagi urug‘lari to‘qsonbosti usulida quyidagi muddatlarda ekiladi: Janubiy viloyatlarda: 1–30 dekabr Markaziy viloyatlarda: 15 noyabr – 15 dekabr Shimoliy viloyatlarda: 1 noyabr – 1 dekabr Ushbu muddatlarda mahalliy Diyor, Yagona навлари ҳамда xorijning Bordo 237, Bikoress, Boro F1, Detroit, Pablo F1 duragaylarini ekish tavsiya etiladi. Osh lavlagi to‘qsonbosti usulida ekilganda: Urug‘ sarfi: gektariga 16–18 kg Egatlar orasidagi masofa: 60–70 sm Joylashuvi: 2–3 qatorli O‘simlik orasi: 8–10 sm Ekish chuqurligi: 2–3 sm Lavlagi urug‘i ekilgandan so‘ng maydon sug‘orilmaydi. Barcha asosiy agrotexnik tadbirlar bahorda boshlanadi. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.