Agro_tavsiya

Iqlim o‘zgarishi bog‘ va uzumzorlarga ta’sir qilmoqda
So‘nggi paytlarda iqlim sharoitlarining keskin o‘zgarishi, ayniqsa sovuq havo oqimlarining kuchayishi mevali bog‘lar va uzumzorlar hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida xavotirlar paydo bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari bog‘bonlar va fermerlarga sovuq ta’sirini kamaytirish hamda ekinlarni himoya qilish bo‘yicha bir qator agroteхnik choralarni o‘z vaqtida amalga oshirishni tavsiya etmoqda.
Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) o‘zining YouTube platformasida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, professor Anvar Rahmatov ishtirokidagi foydali suhbatni e’lon qildi.
Foydali tavsiyalar bilan tanishish uchun quyidagi havola orqali o‘tishingiz mumkin:
Bog‘ va uzumzorlarni himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar (video)
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube