Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agro_tavsiya

Agro_tavsiya
YASMIQ YETISHTIRISH UCHUN TAVSIYALAR Yasmiq – 5-50 sm balandlikdagi bir yillik o‘simlik. Uning poyasi ingichka 4 qirrali asosan tik, baʼzida esa yotib o‘suvchi, mayda tukli, qizg‘ish rangli va ildizi kam shoxlanuvchi o‘q ildizdan iborat. Barglari murakkab, qo‘sh qanotli, pastkisi 2-3, yuqorisidagi 4-8 juftli. Bargchalari oval shaklda.Yasmiq o‘z-o‘zidan changlanuvchi o‘simlik, lekin tabiiy sharoitda duragaylari ham uchrab turadi. Bu holatni asosan qurg‘oqchilik davrlarida kuzatish mumkin. Yasmiqning turli shakl va navlarida o‘sish davri 60 kundan 110 kungacha o‘zgaradi. Yasmiq issiqsevar, uning urug‘i 3-4°С haroratda o‘sa boshlaydi. O‘simlik unib chiqqandan gullash davrigacha namlikka zarur. O‘simlik gullashidan urug‘larning pishib yetilishigacha bo‘lgan davrda esa qurg‘oqchilikka bardoshli bo‘lib, namlikka talab kamayadi. Kuzgi yasmiqni kartoshka, makkajo‘xori, qand lavlagidan keyin ekish yaxshi samara beradi. Dukkakli o‘simliklar ekilgan maydonlarga ekish tavsiya qilinmaydi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda yasmiqning 3 navi yetishtiriladi. Milliy markaz tizimidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida yasmiqning "Darmon" va "Sarbon", Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida esa "Oltin don" navlari yaratilib, davlat reystiga kiritilgan. Ushbu navlar Respublikaning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya etiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.