AGRO_TAVSIYA

ISSIQXONADA BODRING YETISHTIRISH
Bodringni issiqxonada yilning istalgan faslida yetishtirish mumkin. Ayniqsa, ishning ko‘zini biladigan mirishkor uchun bu kuz, qish va erta bahorda yaxshi biznes sanaladi. Bodring gullagandan keyin 15-16 sutkada, juda qulay sharoitlarda esa undan ham avvalroq ya’ni 12-14 sutkada mevasi iste’molga tayyor bo‘ladi. Uzoq davom etadigan bulutli kunlarda bu muddat 18-20 sutkaga uzayishi mumkin. Ertangi bodring hosili bir dona bodring og‘irligi 220-250 gr ga yetganda teriladi.
Uzun mevali navlari katta meva tugadi. Ammo 1-2 oy davomida o‘rtacha vazni 300-350 gr dan ko‘p bo‘lmaganda teriladi. Bu shakllanayotgan boshqa hosilning rivojlanishi to‘xtab qolishining oldini oladi. Mayda, ko‘p hosil beruvchi duragaylar va navlar tez-tez terib olishni talab qiladi. Bunday navlar hosili o‘z vaqtida terib olinishi kerak. Hatto terimning ozgina ushlanib qolishi ham ertangi va umumiy hosilga salbiy ta’sir yetadi. Chunki tuguncha va yosh mevalarning o‘sishini to‘xtatib qo‘yadi.
Agar bodring hosili yiriklashib, urug‘lab ketsa mahsulotning sifati yomonlashadi va oziq moddalarning behuda sarflanishiga olib keladi. Shu bois issiqxonada terimning uzoq vaqt cho‘zilishi yaxshi yemas, chunki bahor faslining so‘nggi kunlarida bu vaqtda ochiq tuproqda o‘stiriladigan bodringlar to‘liq hosil bera boshlaydi. Issiqxonadagi bodring o‘simliklari esa ancha charchab, hosildorligi kamayib, maydalasha boshlaydi. Shunday hollarda eskirgan palaklar yulib tashlanib, kuzgi ekishlarga qadar issiqxona tuprog‘iga dam beriladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube