AGRO_TAVSIYA

KASHNICH VA PETRUSHKANI TO'QSONBOSTI USULDA YETISHTIRISH
Respublika hududlarning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda kashnichni to‘qsonbosti usulida:
janubiy viloyatlarda 1-30 dekabrda,
markaziy viloyatlarda 15-noyabr – 15-dekabr,
shimoliy viloyatlarda 1-30 noyabr kunlari ekishni tavsiya qilinadi.
"Orzu" va "Yantar" singari sovuqqa chidamli navlari ekish uchun tavsiya etiladi.
Pol qilib sepilganda gektariga 8-10 kg urug‘ sarflanadi. Urug‘ ekilgandan so‘ng, ustidan chirigan go‘ng sepiladi.
Urug‘i unib chiqishi uchun 5-6°, ko‘karib hosil yaratishi uchun esa 15-16° harorat kerak. Kashnich o‘suv boshida sekin o‘sadi, keyin tez rivojlanadi.
To‘qsonbosti usulda ekilgan kashnichning o‘suv davri bo‘lib, hosil yetilish davri agarda plyonka bilan qoplangan bo‘lsa – mart oyida yoki ochiq maydonda yetishtirilgan bo‘lsa – aprel oyiga to‘g‘ri keladi.
Asosiy parvarishi 1-2 marta o‘tash, qalin joylarini bir oz yaganalash va vaqtida sug‘orishdan iborat. Yaxshi parvarishlanganda gektaridan 12-15 tonnagacha hosil olish mumkin.
Petrushkaning "Nilufar", "Saxarnaya" va "Novas" navlari sovuqqa chidamli ikki yillik o‘simlik hisoblanadi. Uning urug‘ini o‘sishi uchun 5-6°, ko‘karib hosil yaratishi uchun 15-16° harorat kerak. Petrushka ham o‘suv boshida sekin o‘sadi, keyin tez rivojlanadi.
To‘qsonbosti usulda ekilgan petrushkanning o‘suv davri 55-60 kun bo‘lib, hosil yetilish davri agarda plyonka bilan qoplangan bo‘lsa – mart oyida yoki ochiq maydonda yetishtirilgan bo‘lsa – aprel oyiga to‘g‘ri keladi.
Respublika hududlarning tuproq-iqlim sharoitini inobatga olgan holda petrushkani to‘qsonbosti usulida:
janubiy viloyatlarda 1-30 dekabrda, markaziy viloyatlarda 15-noyabr – 15-dekabr,
shimoliy viloyatlarda 1-noyabr– 1-dekabr kunlari oralig'ida ekish tavsiya qilinadi.
Pol qilib sepilganda gektariga 3-4 kg urug‘ sarflanadi. Urug‘ ekilgandan so‘ng, ustidan chirigan go‘ng sepiladi.
Asosiy parvarishi 1-2 marta o‘tash, qalin joylarini bir oz yaganalash va vaqtida sug‘orishdan iborat. Yaxshi parvarishlanganda gektaridan 10-12 tonnagacha hosil olish mumkin.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube